Kirish Ro'yxatdan o'tish

Koul APLdagi chempionlik kurashi haqida gapirdi

Koul APLdagi chempionlik kurashi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Angliyalik sobiq futbolchi Djo Koul Premyer-liganing joriy mavsumidagi chempionlik poygasi haqida o‘z fikrini bildirdi.

Yakshanba kuni 25-turning markaziy o‘yini bo‘lib o‘tadi — «Liverpul» o‘z maydonida «Manchester Siti»ni qabul qiladi. Bundan bir kun avval esa turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan «Arsenal» o‘z uyida «Sanderlend»ga qarshi bahs olib boradi.

«Liverpul»dan uchraladigan mag‘lubiyat «Manchester Siti» uchun chempionlik poygasidagi tobutga qoqilgan so‘nggi mix bo‘ladi. Bu juda muhim o‘yin va uning ahamiyati barchaga ayon. Menimcha, agar bu sodir bo‘lsa, endi bu «Arsenal» ligasi deb aytaman», — deya Koulning so‘zlarini keltirmoqda Angliya OAVlari.

Hozirda «to‘pchilar» «shaharliklar»ni olti ochkoga ortda qoldirmoqda. Uchinchi o‘rinda borayotgan «Aston Villa» esa peshqadamdan yetti ochko orqada.

Kiritildi: 01:31, 07.02.2026.
O'qildi: 697 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик