Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza 1-2 Lechche
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Dinamo - Mash’al
02/05 19:00 Buxoro - So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid

«Metallurg» ilk nazorat o‘yinida g‘alaba qozondi

«Metallurg» ilk nazorat o‘yinida g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

O‘z faoliyatini qayta tiklab, mashg‘ulotlarda ishtirok etayotgan «Metallurg» futbol klubi ilk nazorat bahsini «Lokomotiv» U21 jamoasiga qarshi o‘tkazdi. «Lokomotiv» futbol akademiyasi maydonida o‘tgan bahsda darvozalarga 7 ta gol urildi.

Ilhom Mo‘minjonov shogirdlari, ikki bor hisobda ortda qolayotganiga qaramay, nafaqat muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘lishdi, balki yakunda g‘alabani ham o‘z tomonlariga og‘dira bilishdi.

To‘g‘ri, raqib yosh «temiryo‘lchilar» edi, lekin ma’lum vaqt bir jamoa bo‘lib o‘ynagan yigitlarga qarshi, qisqa fursat davom etgan tayyorgarlikdan keyin maydonga tushgan butkul yangi tarkibdagi jamoa ishonchli harakat qila oldi. Bu kabi uchrashuvlardagi asosiy maqsad ham aslida natija emas, balki umumiy o‘yin kartinasi, futbolchilarning harakatlari hisoblanadi.

Birinchi o‘tkazib yuborilgan golda o‘ziga nisbatan fol qayd etilmaganidan ochiqchasiga hayron qolgan Azimjon Ahmedov bir necha daqiqa o‘tar-o‘tmas, penalti belgilanganida darhol mas’uliyatli vazifani o‘z bo‘yniga oldi va sportchilarga xos jahl bilan to‘pni raqib darvozasi to‘riga yo‘lladi.

Birinchi bo‘limda nisbatan tajribali futbolchilar bilan o‘yinni boshlagan «Metallurg» tanaffusga 3:2 hisobidagi ustunlik bilan chiqib ketdi. Jamoaning keyingi ikkita goliga Ibrohim No‘monov mualliflik qildi.

Ikkinchi bo‘limda tushgan qator yosh, iqtidorli futbolchilarimiz esa ustunlikni saqlab qola bilishdi.

Shuningdek, tajribali Suhrob Sultonov va Mirzohid G‘ofurovning sheriklariga kerakli pallalarda zarur ko‘rsatmallar berib turishi maydondagi boshqa futbolchilarning ham xotirjam harakat qilishiga zamin yaratdi.

Ikkinchi bo‘limga butkul boshqa tarkibni tashlagan Ilhom Mo‘minjonov esa qo‘l ostidagi yigitlarni chinakamiga nazoratdan o‘tkazib oldi. Mavsum startigacha qolgan vaqt ichida klub rahbariyati va murabbiylar shtabining asosiy maqsadi ham eng yuqori maqsadlar uchun kurashuvchan tarkibni shakllantirish hisoblanadi.

Birinchi qadam tashlandi, birinchi o‘yinda g‘alaba qo‘lga kiritildi. Umid qilamizki, mavsumoldi tayyorgarlik jarayoni ham, keyinchalik PRO-Liga bahslarida ham jamoamiz bugungidek o‘z kuchiga ishongan holda harakat qilib, g‘alabalarni tantana qilaveradi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
«Metallurg» - «Lokomotiv» U-21 4:3
06.02.2026.Toshkent
Gollar: Azim Ahmedov; Ibrohim No‘monov (dubl); Navruz Iminjonov — Muhammad Abdurashidov (dubl); Muhammadshoh Ahmedov

«Metallurg» FK matbuot xizmati

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 08:30, 07.02.2026.
O'qildi: 1033 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик