Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kerrik "Manchester Yunayted" futbolchisining jiddiy jarohati haqida gapirdi

Kerrik "Manchester Yunayted" futbolchisining jiddiy jarohati haqida gapirdi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Kerrik Patrik Dorguning holati haqida ma’lumot berdi.

21 yoshli qanot futbolchisi tizza osti payidan olgan jarohati tufayli "Fulxem" bilan avvalgi o‘yinni o‘tkazib yubordi. "Qizil iblislar" ustozining so‘zlariga ko‘ra, daniyalikning yaqin orada qaytishini kutish kerak emas.

"Uning tiklanishi biroz vaqt olishi aniq - gap ancha uzoq muddat haqida ketmoqda. Hozir aniq bir narsa deyish qiyin, ammo u yaqin ikki-uch hafta ichida qaytib kelmaydi", - dedi Kerrik matbuot anjumanida.

Bugun Toshkent vaqti bilan soat 17:30da "MYU"ning "Tottenxem"ga qarshi uy uchrashuvi start oladi.

Kiritildi: 09:14, 07.02.2026.
O'qildi: 1202 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик