Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Kerrik: "Jamoada hech narsa o‘zgarmadi"

Kerrik: "Jamoada hech narsa o‘zgarmadi"

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Kerrik jamoa boshqaruvidagi ketma-ket uchta g‘alaba fonida uning ishida hech narsa o‘zgarmaganini aytdi.

Mankunianliklar bungacha "Manchester Siti" (2:0), "Arsenal" (3:2) va "Fulxem"ni (3:2) mag‘lub etgandi.

"Hech narsa o‘zgarmadi. Bu men qilayotgan ishni o‘zgartirmaydi. Klubdagi o‘rnim va mas’uliyatimni to‘liq his qilyapman.

Biz muvaffaqiyatli bo‘lishni xohlaymiz. Klub mavsum yakunida muvaffaqiyatga erishishini istayman.

Gap jamoani yaxshilash va "Manchester Yunayted"ni kuchliroq va doimiy ravishda rivojlanayotgan jamoaga aylantirishga urinish haqida ketmoqda. Lekin hech narsa o‘zgarmadi. Qisqa vaqt ichida natijalar hech narsani o‘zgartirmaydi.

Agar natijalar nimanidir o‘zgartirgan bo‘lsa, demak, nimadir noto‘g‘ri ketyapti. Yaxshilanishlar borligi yoki hal qilinishi kerak bo‘lgan bir nechta muammolar borligidan qat’i nazar, shoshilinch qaror qabul qilish mumkin emas. Bu barqaror taraqqiyot.

 

Futbolda hamma narsa bir zumda o‘zgarib ketishi mumkinligini bilasiz, shuning uchun biz xotirjamlikni saqlab, nima qilishimiz kerakligiga e’tibor qaratishimiz kerak", - dedi Maykl Kerrik.

Kiritildi: 09:54, 07.02.2026.
O'qildi: 1371 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик