Kirish Ro'yxatdan o'tish

Bruno Gimaraesga asosiy da’vogar jamoa nomi ma’lum bo‘ldi

Bruno Gimaraesga asosiy da’vogar jamoa nomi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Nyukasl» yarim himoyachisi Bruno Gimaraes kelayotgan yozda klubini o‘zgartirishi mumkin. «Qarg‘alar» Premyer-liga jadvalida atigi 11-o‘rinni egallab turibdi va keyingi mavsumda Chempionlar ligasisiz qolish xavfi ostida.

Jurnalist Ben Jeykobsning ma’lumotlariga ko‘ra, braziliyalik futbolchining rahbariyat bilan og‘zaki kelishuvi bor: agar eng nufuzli yevrokubokda ishtirok etadigan klub u uchun 80 million funt sterling (92 million yevro)dan boshlab taklif bildirsa, uni jamoada majburlab ushlab turishmaydi. Manbaning ta’kidlashicha, hozirda 28 yoshli xavbek uchun asosiy da’vogar, unga qiziqish bildirayotgan «Manchester Yunayted» emas, balki «Manchester Siti» bo‘lib turibdi.

Bruno Gimaraesning «Nyukasl» bilan shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi. «Transfermarkt» saytida futbolchining taxminiy qiymati 75 million yevro etib belgilangan.

Kiritildi: 15:12, 07.02.2026.
O'qildi: 980 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик