Kirish Ro'yxatdan o'tish

"MYU"ning APLdagi ajoyib yurishi davom etadi

"MYU"ning APLdagi ajoyib yurishi davom etadi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" Angliya Premyer-ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi 25-turi doirasida "Tottenxem Xotspur"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Shu tariqa, mankunianliklar Angliya chempionatidagi mag‘lubiyatsiz seriyasini sakkizta o‘yinga yetkazib olishdi.

Mankunianliklarning ushbu seriyasi APLning 18-turida boshlangan edi — o‘shanda "MYU" "Nyukasl Yunayted"dan ustun kelgan (1:0). Shundan so‘ng jamoa "Vulverxempton" (1:1), "Lids Yunayted" (1:1) va "Byornli" (2:2) bilan durang o‘ynadi. Keyin esa "qizil iblislar" ketma-ket to‘rtta g‘alabani qo‘lga kiritishdi — "Manchester Siti" (2:0), "Arsenal" (3:2), "Fulxem" (3:2) va nihoyat "shporlar" taslim etildi. Navbatdagi turda "Manchester Yunayted" 10 fevral kuni safarda "Vest Xem Yunayted" bilan to‘qnashadi.

Ayni damda "Manchester Yunayted" 44 ochko bilan APL turnir jadvalining to‘rtinchi pog‘onasini egallab turibdi.

Kiritildi: 22:26, 07.02.2026.
O'qildi: 783 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик