Kirish Ro'yxatdan o'tish

Dyokeresh «Sanderlend»ga qarshi o‘yinni tahlil qildi

Dyokeresh «Sanderlend»ga qarshi o‘yinni tahlil qildi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi hujumchisi Viktor Dyokeresh «Sanderlend»ga qarshi kechgan o‘yin yakunlarini sarhisob qildi. APLning 25-tur uchrashuvi 3:0 hisobida yakunlandi.

«O‘ylashimcha, «Sanderlend» — yaxshi jamoa. Ularning o‘yinchilari juda kuchli va havodagi kurashlarda ajoyib harakat qilishadi. Ular bir nechta yaxshi vaziyatlar yaratishdi, ammo biz juda yaxshi himoyalandik va keyin 3 ta gol urdik. Ajoyib natija», — deya futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sports.

Shuningdek, Dyokeresh «to‘pchilar»ning zaxiradan tushayotgan o‘yinchilari naqadar muvaffaqiyatli harakat qilayotgani haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

«Biz buni butun mavsum davomida ko‘rsatib kelmoqdamiz. Ko‘pgina futbolchilar zaxira o‘rindig‘idan tushib, voqealar rivojiga ta’sir o‘tkaza olishmoqda. Barcha musobaqalardagi o‘yinlar soni shunchalik ko‘p bo‘lgan bir paytda — bu juda yaxshi belgi. Shu ruhda davom etishimiz kerak».

Kiritildi: 01:39, 08.02.2026.
O'qildi: 728 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик