Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real» Vitinyaga o‘rinbosar topdi

«Real» Vitinyaga o‘rinbosar topdi

Baho:
+ | -

«AS» nashrining yakshanba kungi sonida «Real»ning kelasi yozgi transfer rejalariga bag‘ishlangan maqola chop etildi. Unda aytilishicha, Madrid klubi ikkita markaziy himoyachi va bitta yarim himoyachi sotib olishni maqsad qilgan.

Yarim himoya chizig‘i uchun asosiy nomzod sifatida «PSJ» yulduzi Vitinya ko‘rilmoqda. Biroq, «Real» va «PSJ» o‘rtasidagi munosabatlarning sovuqligi (Mbappe transferidan keyin) bu kelishuvni deyarli imkonsiz qilib qo‘yishi mumkin.

Shu sababli, «qirollik» klubi zaxira variantini tayyorlab qo‘ydi — bu Niderlandiyaning AZ jamoasi a’zosi, 20 yoshli Kes Smit. Uni sotib olish Vitinyaga qaraganda ancha osonroq va moliyaviy jihatdan foydaliroq hisoblanadi. «Transfermarkt» yosh niderlandiyalikni 22 million yevroga baholamoqda, ammo AZ uning uchun 60 million yevrogacha mablag‘ so‘rashi mumkin.

Kiritildi: 16:34, 08.02.2026.
O'qildi: 2904 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик