Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Yuventus" "Lasio" bilan jangovor durang o‘ynadi

"Yuventus" "Lasio" bilan jangovor durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

"Yuventus" Italiya chempionatining 24-turida o‘z maydonida "Lasio" bilan durang o‘ynadi - 2:2.

Mezbonlardan Ueston Makkenni va Per Kalyulyu, mehmonlardan Gustav Isaksen va Pedro Rodriges o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Shu bilan birga, Kalyulu 90+6-daqiqada "Yuventus" safida A Seriyadagi ilk o‘yinini o‘tkazgan hujumchi Jeremi Boganing uzatmasini golga aylantirdi.

Uchrashuvning 26-daqiqasida hisob 0:0 bo‘lib turganida VAR ko‘rigidan so‘ng "Yuventus" yarimhimoyachisi Ten Kopmeynersning goli (ofsayd) bekor qilindi.

"Lasio" 24 o‘yindan keyin 33 ochko bilan Italiya chempionati turnir jadvalida sakkizinchi o‘rinda bormoqda. "Yuventus" esa 24 o‘yindan keyin 46 ochko bilan to‘rtinchi pog‘onadan joy olgan.

Kiritildi: 06:56, 09.02.2026.
O'qildi: 603 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик