Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 0-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 1-0 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Roberto Karlos Ronaldu haqida: "U futbol o‘ynashni to‘xtatmasligi kerak"

Roberto Karlos Ronaldu haqida: "U futbol o‘ynashni to‘xtatmasligi kerak"

Baho:
+ | -

"Real" klubi va Braziliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Roberto Karlos Krishtianu Ronalduning faoliyatini yakunlashini istamasligini aytdi.

- Krishtianu Ronalduning jahon chempionatidagi ishtirokini qanday baholaysiz ?

- Krishtianu hech qachon to‘xtamasligi kerak. Hech qachon. Agar u bir kun kelib faoliyatini yakunlashga qaror qilsa, unga qo‘ng‘iroq qilib, to‘xtamasligini aytaman (kuladi).
U klublar uchun ham, terma jamoa uchun ham, bolalar va yosh futbolchilar uchun ham juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan o‘yinchilardan biri. U bir oyog‘ida bo‘lsa ham, emaklab bo‘lsa ham futbol o‘ynashni to‘xtatmasligi kerak. Boshlamoqchi bo‘lgan har qanday bolaga ulkan kuch va g‘ayrat bag‘ishlaydi.

- Jahon chempionatida 1000-golini ura oladimi?

- Krishtianu va futbolni sevuvchilar uchun uning tarix yaratishda davom etishi va rekordlarni yangilashini ko‘rish ajoyib. 1000ta gol urgan yagona futbolchi Pele, ammo Krishtianu ham bu ro‘yxatdan o‘rin olishi mumkin.

Men uni Saudiya chempionatida baxtli va o‘ziga ishongan holda ko‘raman. Uning bu marraga erishishiga mutlaqo ishonchim komil. U deyarli jarohat olmaydi, yaxshi o‘ynashda davom etmoqda, boshqalar uchun namuna bo‘lib qolmoqda - Portugaliya bundan faxrlanishi mumkin", - dedi Karlos.

Kiritildi: 07:46, 09.02.2026.
O'qildi: 915 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.