Kirish Ro'yxatdan o'tish

Slot: "Biz allaqachon qo‘shib berilgan daqiqalarni o‘tkazib yuborishga o‘rganib qolganmiz"

Slot: "Biz allaqachon qo‘shib berilgan daqiqalarni o‘tkazib yuborishga o‘rganib qolganmiz"

Baho:
+ | -

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot APL 25-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti"ga (2:1) qarshi o‘yinga munosabat bildirdi.

"Birinchi bo‘limda "Manchester Siti" yaxshiroq edi, garchi ko‘p golli vaziyatlar yaratmagan bo‘lsa-da, ular bizning maydonimizda ko‘proq to‘pga egalik qilishdi. Ikkinchi bo‘limda ustunlik qildik va yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘ldik. 1:0 hisobida oldinga o‘tib, raqibga deyarli imkon bermadik. O‘yin tugashi arafasida uzatilgan to‘pdan so‘ng bir rikoshet ular tomonga muvaffaqiyatli qaytdi va hisob 1:1... Qo‘shib berilgan daqiqalarda gol o‘tkazib yuborishga deyarli o‘rganib qolganmiz, bugun ham shunday bo‘ldi.

Soboslaining kartochkasimi? Bu gapirish kerak bo‘lgan voqea emas. Balki hakam hammasini shunday qoldirishi va golni hisobga olishi kerak edi, ammo agar qoidalar shunday bo‘lsa, unda biz buni qabul qilishimiz kerak", - deya Slotning so‘zlarini keltiradi VVS.

"Liverpul" 39 ochko bilan Angliya chempionati turnir jadvalida yettinchi o‘rinda bormoqda. "Manchester Siti" 50 ochko bilan ikkinchi o‘rinda.

Kiritildi: 07:59, 09.02.2026.
O'qildi: 674 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.