Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/06 03:00 Shotlandiya 0-1 Marokash
20/06 05:30 Braziliya 3-0 Gaiti
20/06 08:00 Turkiya 0-1 Paragvay
20/06 22:00 Niderlandiya 5-1 Shvesiya
21/06 01:00 Germaniya 2-1 Kot-d'Ivuar
21/06 05:00 Ekvador 0-0 Kyurasao
21/06 09:00 Tunis 0-4 Yaponiya
21/06 21:00 Ispaniya - Saudiya Arabistoni
21/06 23:59 Belgiya - Eron
22/06 03:00 Urugvay - Kabo-Verde
22/06 06:00 Yangi Zelandiya - Misr
22/06 22:00 Argentina - Avstriya

Karvaxal «Valensiya» bilan o‘yindan so‘ng o‘z noroziligini ochiqchasiga namoyish etdi

Karvaxal «Valensiya» bilan o‘yindan so‘ng o‘z noroziligini ochiqchasiga namoyish etdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi o‘ng qanot himoyachisi Daniel Karvaxal yana maydonga tushmadi. 34 yoshli futbolchi jarohatidan qutilib, safga qaytgan bo‘lsa-da, Alvaro Arbeloa yulduz faxriyni maydonga tushirishga shoshilmayapti. Yakshanba kuni «Valensiya»ga qarshi kechgan bahsda (2:0) lateral ketma-ket to‘rtinchi o‘yinda ham zaxira o‘rindig‘ida qoldi.

«ESPN» bergan ma’lumotlarga ko‘ra, uchrashuv yakunlangach, Karvaxal juda xafa bo‘lgan va jamoaning fitnes bo‘yicha murabbiyi Antonio Pintus bilan suhbatda o‘z noroziligini ochiqchasiga bildirgan. Italiyalik mutaxassis futbolchiga dalda berishga harakat qilgan, biroq, aftidan, buning uddasidan chiqa olmagan.

Daniel Karvaxal joriy mavsumda «Real»ning o‘nta o‘yinida ishtirok etdi. Sardorning shartnomasi shu yilning yozida nihoyasiga yetadi.

Kiritildi: 12:57, 09.02.2026.
O'qildi: 3269 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик