Kirish Ro'yxatdan o'tish

Karvaxal va «Real» shartnomani uzaytirish borasida ikkilanmoqda

Karvaxal va «Real» shartnomani uzaytirish borasida ikkilanmoqda

Baho:
+ | -

«Real» himoyachisi Daniel Karvaxal o‘yin amaliyoti yetishmayotganidan norozi.

Kecha 34 yoshli futbolchi La Liganing 23-turi doirasidagi «Valensiya»ga qarshi bahsni (2:0) to‘liq zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazdi. O‘ng qanot himoyasi pozisiyasida asosiy tarkibda David Ximenes Korredor maydonga tushdi, 76-daqiqada esa uni Trent Aleksander-Arnold almashtirdi.

Final hushtagidan so‘ng Karvaxal jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy Antonio Pintus qo‘l ostida shug‘ullanish uchun maydonga tushdi. «The Athletic» nashrining yozishicha, futbolchi juda «g‘azablangan» holatda bo‘lgan.

O‘yinchiga yaqin manbalarning ta’kidlashicha, u maydonga tushmayotganidan qattiq xafa, biroq qattiq mashq qilishda davom etadi.

«Real» rahbariyatidagi manbalar esa klub shu mavsum oxirida muddati tugaydigan shartnomani uzaytirish borasida ikkilanayotganini ma’lum qilishdi. Karvaxal tomoni ham uning «Madrid»da qolishiga ishonchi komil emas. Klubda allaqachon o‘ng qanot himoyasi uchun ehtimoliy transferlar muhokama qilingan.

Ispaniyalik himoyachi La Liganing joriy mavsumida 7 ta o‘yinda ishtirok etdi.

Kiritildi: 17:29, 09.02.2026.
O'qildi: 254 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.