Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

Karvaxal Ryudiger hamrohligida Londonga safar qildi

Karvaxal Ryudiger hamrohligida Londonga safar qildi

Baho:
+ | -

«Real» himoyachisi Dani Karvaxal o‘tgan haftada tizzasini ixtisoslashtirilgan klinikada tekshirtirish uchun Londonga bordi, deb xabar bermoqda «As» nashri.

Madridliklar sardori 2024 yilda o‘ng tizzasidagi oldingi xochsimon boylamlari, lateral kollateral boylamlari va tizza osti paylarini uzib olgan edi. U tizza qopqog‘idagi jiddiy muammolarni keltirib chiqarayotgan «bo‘sh tana» tufayli 2025 yilning oktyabr oyida o‘ynashni to‘xtatishga majbur bo‘lgandi.

Biroq, «Madrid» tibbiy shtabiga taqdim etilgan tibbiy xulosada aytilishicha, hozirda bu muammo to‘liq hal qilingan.

Karvaxal Angliyaga Antonio Ryudiger hamrohligida tashrif buyurdi. Ryudiger «Chelsi»dagi faoliyati davomida ushbu London klinikasi bilan tanish bo‘lgani uchun imkoniyatdan foydalanib, o‘zi ham ko‘rikdan o‘tishga qaror qilgan. Danining «bo‘shashib qolgan bo‘g‘im» borasidagi barcha shubhalari ko‘rikdan so‘ng tarqab ketdi. Hech qanday jiddiy muammo aniqlanmadi, shuning uchun tibbiy ko‘rsatmalarga ko‘ra, hozirda o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan futbolchi maydonga tushishga tayyor.

Kiritildi: 01:04, 10.02.2026.
O'qildi: 1297 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик