Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

"Barselona" murabbiylar shtabi Jyul Kundening o‘yini pasayganidan xavotirda

"Barselona" murabbiylar shtabi Jyul Kundening o‘yini pasayganidan xavotirda

Baho:
+ | -

"Barselona" o‘tgan yili "Chelsi"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng deyarli mukammal natijalar qayd etayotgan bo‘lsa-da, klub kamchiliklardan xoli emas. Muammoli yo‘nalishlardan biri jamoaning himoyadagi zaifligi bo‘lib qolmoqda — klub ayniqsa Yevropa Chempionlar ligasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolishga qiynalmoqda. Ushbu davrda, xususan, Jyul Kundening sport formasi "Barselona"ni ancha tashvishga solmoqda.

"SPORT" nashrining xabariga ko‘ra, "Barselona" murabbiylar shtabi Kundening joriy mavsumdagi o‘yini idealdan ancha yiroq ekanini tan olmoqda. O‘tgan mavsumda jamoaning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri bo‘lgan futbolchi bu mavsumda o‘zini ko‘rsata olmayapti. Uning o‘yinida biror bir aniq xato topilmasa-da, himoyadagi mustahkamlikning yo‘qligi vaqti-vaqti bilan tanqidlarga sabab bo‘lmoqda.

Shunga qaramay, fransuz futbolchisi mavsum oxirigacha ijarada bo‘lgan yangi xarid — Joau Kanseluni zaxirada qoldirib, asosiy tarkibda maydonga tushishda davom etadi. Bu ko‘p jihatdan Kundening Xansi Flik bilan yaxshi munosabatda ekani, shuningdek, murabbiylar shtabi o‘yinchidan hali butunlay umidini uzmagani bilan bog‘liq.

Aslida, ular Kunde mavsumning qolgan qismida o‘z formasini tiklay olishiga ishonishmoqda. Oldinda "Barselona"ni muhim davr kutmoqda va fransuzning qobiliyatlari klubning "kuadrupl" (to‘rtta sovrin) uchun kurashida foydali bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, Kanselu ham jamoaning muhim bo‘lagi bo‘lib qolaveradi. Agar Flik o‘ng qanotda muqobil variant izlasa, portugaliyalik futbolchi doim ishonish mumkin bo‘lgan mustahkam variant hisoblanadi.

Kiritildi: 01:49, 10.02.2026.
O'qildi: 956 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.