Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo 3-4 Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

"Barselona" yulduziga Amerikadan taklif tushdi

"Barselona" yulduziga Amerikadan taklif tushdi

Baho:
+ | -

"Chikago Fayr" klubi hamon "Barselona" hujumchisi Robert Levandovskini o‘z safiga qo‘shib olish niyatida. Polyak futbolchisining shartnomasi mavsum yakunida tugaydi va u erkin agentga aylanishi mumkin.

MLS klubining 37 yoshli futbolchi atrofidagilar bilan ilk aloqalari o‘tgan yilning oxirida boshlangan edi. Noyabr oyida Levandovskining rafiqasi Ana Chikagoga tashrif buyurdi va hatto ehtimoliy yashash joylarini ko‘zdan kechirdi. Dekabr oyi boshida esa "Chikago Fayr" delegasiyasi Barselonaga tashrif buyurdi. Bir necha hafta oldin hujumchining manfaatlarini himoya qiluvchi mashhur agent Pini Zaxavi Londonda Amerika klubi egasi Jo Mansueto bilan uchrashdi.

Natijada "Chikago Fayr" Levandovskiga jahon superyulduzi maqomiga mos bo‘lgan maosh bilan 2 yillik shartnoma taklif qildi. Bu haqda "Diario Sport" nashri Chikagodagi manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Levandovski "Barselona" safida barcha musobaqalarda 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Kiritildi: 07:07, 10.02.2026.
O'qildi: 2446 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик