Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

O‘zPFL: "Metallurg" klubi katta futbolga rasman qaytdi

O‘zPFL: "Metallurg" klubi katta futbolga rasman qaytdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

"Metallurg" Pro ligada ishtirok etish bo‘yicha Liga tomonidan qo‘yilgan minimal talablarni bajarishga erishdi.

“O‘zmetombinat” AJ tomonidan yo‘llangan xatga javoban Liga "Metallurg" klubini qatnashchilar safiga qaytarish bo‘yicha ishlar ketma-ketligini bayon qilgandi. Shu asosda, kombinat tomonidan joriy yilning 23 yanvar kuni Ulug‘bek Mirzayev "Metallurg" klubi bosh direktori etib tayinlandi.

Liga talabiga ko‘ra, klub birinchi galda FIFA Legal Portal va FIFA TMS platformalariga kirish huquqini qaytarib olishi lozim edi. Mazkur ish amalga oshirildi hamda unda aks etgan legioner futbolchi oldidagi qarzdorlik masalasiga oydinlik kiritildi. Keyinchalik, "Metallurg" qarzdorlikni bartaraf etish yuzasidan ish olib bordi va 9 fevral kuni FIFA "Metallurg" klubidan transfer ta’qiqini olib tashladi.

Endi, klubga yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun MyLeague platformasidan foydalanish huquqi taqdim etiladi. Birinchi navbatda, klub rahbar organi ro‘yxatga olinadi va shundan keyin professional mehnat shartnomalari ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Shuningdek, klub qoshidagi akademiya futbolchilari lisenziyalash talablari asosida Liga platformasiga kiritib chiqiladi.

"Metallurg" ta’sischisi “O‘zmetombinat” AJ klubning yillik xarajatlar smetasini tasdiqlagan bo‘lib, undan Bekobod shahridagi stadionni Pro liga o‘yinlariga tayyorlash xarajatlari ham joy olgan. Ayni vaqtda stadionda bu borada ishlar boshlab yuborilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Liga "Metallurg" klubining Pro liga ishtirokchilari safiga qo‘shilganligini ma’lum qiladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 12:34, 10.02.2026.
O'qildi: 1255 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик