Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

«G‘azalkent» Proliga uchun talab etilgan hujjatlarni rasmiylashtirdi

«G‘azalkent» Proliga uchun talab etilgan hujjatlarni rasmiylashtirdi

Baho:
+ | -

Avvalroq «G‘azalkent» Liga a’zosi bo‘lish uchun ariza topshirgan bo‘lib, klubga yangi futbolchilar bilan tuziladigan mehnat shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun MyLeague platformasidan foydalanish huquqi taqdim etilgandi.

Keyingi qadam sifatida «G‘azalkent» Bo‘stonliq tumanida joylashgan futbol stadioniga investisiya kiritish orqali, undan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida foydalanish yuzasidan ariza topshirdi. Mazkur bosqichda klub stadionni kapital ta’mirdan chiqarish bo‘yicha smeta xarajatlarini ishlab chiqib, uning moliyalashtirish manbalari bo‘yicha o‘z rejasini tasdiqlab ulgurgan. Endilikda klub Sport vazirligi bilan hamkorlikda belgilangan tartibda stadiondan foydalanish bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish ishlarini boshlagan. Amaldagi qonunchilik hujjatlaridan kelib chiqqan holda, tegishli masalalar to‘liq hal etilsa, «G‘azalkent»dagi stadionda qurilish va ta’mirlash ishlari start oladi. Klub rejasiga ko‘ra, barcha masalalar o‘z vaqtida ijobiy yakun topsa, yangi qiyofadagi stadion shu yilning ikkinchi yarmiga qadar tayyor bo‘ladi va «G‘azalkent» shahriga katta futbol qaytadi.

Shuningdek, Assosiasiyaning amaliy ko‘magi bilan «G‘azalkent» futbol klubi hamda Toshkent viloyati futbol maktabi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 7 apreldagi 115-sonli qarori asosida amalga oshirilayotgan mazkur qadamlar sabab, endilikda Toshkent viloyatining turli hududlarida «G‘azalkent» futbol klubi maktabining filiallari bosqichma-bosqich tashkil etiladi. O‘z navbatida klub sakkiz yosh toifasi bo‘yicha 25 nafardan kam bo‘lmagan futbolchilarni Liga ro‘yxatidan o‘tkazishni boshlaydi.

Ayni vaqtda «G‘azalkent» klubi Turkiyada tashkil etilayotgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etayotgan bo‘lib, uning yillik xarajatlar smetasi Liga ro‘yxatidan o‘tkazilgan. 2026 yil davomida klub o‘zining stadioni, bazasi va talab darajasidagi futbol maktabi mavjud bo‘lgan loyihaga aylanishi ko‘zda tutilgan. Rejaga ko‘ra, keyingi yillarda klub OFK lisenziyalash jarayonlariga sinov tariqasida jalb etiladi.

Klub smetasi, stadionni to‘liq ta’mirlash xarajatlari xususiy investisiyalar hisobidan amalga oshirilayotgani, uning strategiyasi va bolalar futbolini yanada rivojlantirishga bo‘lgan yondashuvidan kelib chiqib, Liga «G‘azalkent» futbol klubini Proliga ishtirokchilari safiga qabul qilishni maqsadga muvofiq deb topdi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 13:48, 10.02.2026.
O'qildi: 809 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик