Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Rustam Qosimjonov: «Nodirbek Abdusattorov nafaqat shaxmat, balki futbolni ham yaxshi o‘ynaydi»

Rustam Qosimjonov: «Nodirbek Abdusattorov nafaqat shaxmat, balki futbolni ham yaxshi o‘ynaydi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston shaxmat terma jamoasi bosh murabbiyi, 2004 yilgi FIDE Jahon kubogi g‘olibi Rustam Qosimjonov Tata Steel Chess turnirida bosh sovrinni qo‘lga kiritgan O‘zbekistonning birinchi raqamli grossmeysteri Nodirbek Abdusattorovning nafaqat shaxmat, balki futboldagi qobiliyatini ham alohida ta’kidladi.

“Inson shaxmat bilan shug‘ullansa, tanasi va miyasi charchaydi. Shu sabab uni ‘qayta yoqish’ uchun boshqa sport turi bilan shug‘ullanish kerak. Nodirbek futbolni ham juda yaxshi o‘ynar ekan. Nufuzli shaxmat musobaqasida g‘alaba qozonib qaytdi, endi bu yerda ham gollar uryapti. Bunga qoyil qolish kerak”, deydi Qosimjonov “O‘zbekiston 24” telekanalining “Menimcha” dasturiga bergan intervyusida.

Avvalroq Nodirbek Abdusattorov London shahridagi “Arsenal” klubiga tegishli “Emireyts” stadionida o‘tkazilgan London Chess Classic–2025 turnirida g‘oliblikni qo‘lga kiritganidan so‘ng bergan intervyusida futbolga qiziqishi, har hafta muhim o‘yinlarni tomosha qilishi va Angliyaning “Manchester Siti” klubi muxlisi ekanini aytib o‘tgan edi.

“Ushbu stadionning muhiti o‘zgacha. Avval faqat bir marta futbol stadionida, aniqrog‘i, Eyndhovenda Magnusga qarshi o‘ynaganman. O‘sha bahs ham yaxshi taassurot qoldirgan. Umuman olganda, futbolni juda yaxshi ko‘raman, har hafta uchrashuvlarni tomosha qilib boraman. Sevimli klubim — “Manchester Siti”. Yurtimizdan chiqqan futbolchining bunday katta klubda to‘p tepayotgani meni juda quvontiradi. Shu sabab “Siti”ga muxlislik qilaman”, degan edi Abdusattorov.

Ma’lumot uchun, 2026 yilning 16 yanvaridan 1 fevraliga qadar Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida o‘tkazilgan nufuzli Tata Steel Chess xalqaro turnirida Nodirbek Abdusattorov 13 tur yakuniga ko‘ra 9 ochko jamg‘arib, yakka peshqadam sifatida chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Turnir davomida u hindistonlik Rameshbabu Praggnanandha, chexiyalik Nguyen Tai Dai Van, amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaraju, germaniyalik Vinsent Keymer va Matias Bluebaum kabi kuchli grossmeysterlarni mag‘lub etib, barqaror va ishonchli o‘yin namoyish etdi.

Musobaqada yana bir o‘zbekistonlik grossmeyster — amaldagi Jahon Kubogi g‘olibi Javohir Sindorov ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. U 13 turda 8,5 ochko to‘plab, ikkinchi o‘rinni egalladi hamda turnir davomida 4 g‘alaba va 9 durang qayd etdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 13:52, 10.02.2026.
O'qildi: 2465 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик