Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

«Arsenal» yozda Gabriel Jezus bilan xayrlashishga tayyor

«Arsenal» yozda Gabriel Jezus bilan xayrlashishga tayyor

Baho:
+ | -

Top-ligalarda qishki transfer oynasi yopilgan bo‘lsa-da, katta klublarning tarkibni kuchaytirish borasidagi ishlari davom etmoqda — endi asosiy e’tibor yozgi rejalarga qaratilgan. «Transfer News Live» nashrining «Tuttosport»ga tayanib xabar berishicha, hujumchi Gabriel Jezus mavsum yakunida «Arsenal»ni tark etib, A Seriyaga yo‘l olishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, Jezusga «Milan» klubi qiziqish bildirmoqda. «Rossonerilar» braziliyalik futbolchini uning Londondagi amaldagi shartnomasi tugashiga bir yil qolganda o‘z safiga qo‘shib olishlari mumkin.

Shu yilning qishida Gabriel Jezus jiddiy jarohat tufayli uzoq davom etgan tanaffusdan so‘ng safga qaytdi. O‘shandan beri braziliyalik hujumchi 16 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga to‘rtta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. «Transfermarkt» portali 28 yoshli Jezusni 20 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 22:29, 10.02.2026.
O'qildi: 874 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.