Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Arteta Subimendiga qanday qilib erkinlik berganini aytdi

Arteta Subimendiga qanday qilib erkinlik berganini aytdi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa yarim himoyachisi Martin Subimendining o‘yini haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bu shunday futbolchimizki, men u bilan ilk bor gaplashganimda, u o‘z pozisiyasida oldinga o‘tish borasida o‘zini biroz cheklangandek his qilayotganini aytgan edi. Biz unga kerakli vaqtda va munosib raqiblarga qarshi o‘yinlarda erkin harakat qilishi uchun imkoniyat beryapmiz. Bu orqali u bo‘sh hududlarga hujum qila oladi va u bu borada shunchaki aql bovar qilmas darajada yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda», — deya Artetaning so‘zlarini «Arsenal» matbuot xizmati keltirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Subimendi APLning yaqinda bo‘lib o‘tgan «Sanderlend»ga qarshi o‘yinida (3:0) raqib darvozasini ishg‘ol qilgan edi. Ispaniyalik futbolchining goli uchrashuvda hisobni ochgan bo‘lib, chap qanot yarim hududidan yo‘llangan nafis va kuchli zarba evaziga kiritildi.

Martin Subimendi 2025 yilning yozida «Arsenal» a’zosiga aylangan edi. Hozirga qadar uning hisobida 6 ta gol mavjud: 5 tasi APLda va bittasi Liga Kubogida kiritilgan.

Kiritildi: 21:36, 11.02.2026.
O'qildi: 777 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик