Kirish Ro'yxatdan o'tish

Angliya Premyer-ligasi tarixidagi eng yomon transferlar ro‘yxati tuzib chiqildi (TOP 10)

Angliya Premyer-ligasi tarixidagi eng yomon transferlar ro‘yxati tuzib chiqildi (TOP 10)

Baho:
+ | -

ESPN nashri Angliya Premyer-ligasi tarixidagi eng muvaffaqiyatsiz 50 ta transfer reytingini e’lon qildi. Ushbu ro‘yxatda birinchi o‘rinni «Chelsi» tomonidan «Shaxtyor»dan 70 million yevro evaziga sotib olingan ukrainalik yarim himoyachi Mixail Mudrik egalladi.

Eng yomon o‘nta transfer qatoridan quyidagilar joy oldi:

  1. Mixail Mudrik — «Shaxtyor»dan «Chelsi»ga (70 mln yevro).

  2. Antoni — «Ayaks»dan «Manchester Yunayted»ga (95 mln yevro).

  3. Nikolya Pepe — «Lill»dan «Arsenal»ga (80 mln yevro).

  4. Ali Dia — «Sautgempton»ga erkin agent sifatida.

  5. Deniyel Drinkuoter — «Lester»dan «Chelsi»ga (37,9 mln yevro).

  6. Rikardo Alvares — «Inter»dan «Sanderlend»ga (10,5 mln yevro).

  7. Romelu Lukaku — «Inter»dan «Chelsi»ga (113 mln yevro).

  8. Jeydon Sancho — «Borussiya D»dan «Manchester Yunayted»ga (85 mln yevro).

  9. Tomas Brolin — «Parma»dan «Lids Yunayted»ga (5,3 mln yevro).

  10. Kalvin Fillips — «Lids Yunayted»dan «Manchester Siti»ga (49 mln yevro).

2024 yil dekabr oyida Mixail Mudrikning doping-probasida taqiqlangan moddalar ro‘yxatiga kiritilgan meldoniy aniqlangan edi. O‘sha vaqtga qadar ukrainalik yarim himoyachi «Chelsi» safida 73 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 11 ta golli uzatmani amalga oshirgan edi. Uning so‘nggi rasmiy o‘yini 2024/2025 yilgi mavsum Konferensiyalar Ligasi guruh bosqichi doirasidagi «Xaydenxaym»ga qarshi bahs (2:0) bo‘lib, unda Mudrik gol urishga muvaffaq bo‘lgandi.

Manba: ESPN
Kiritildi: 00:30, 12.02.2026.
O'qildi: 821 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.