Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

"Nottingem Forest" Daych qo‘l ostidagi so‘nggi o‘yinda APLning so‘nggi 10 yillik antirekordini o‘rnatdi

"Nottingem Forest" Daych qo‘l ostidagi so‘nggi o‘yinda APLning so‘nggi 10 yillik antirekordini o‘rnatdi

Baho:
+ | -

«Nottingem Forest» jamoasi «Vulverxempton» darvozasiga yo‘l topa olmadi, bu esa Shon Daychning iste’fosiga sabab bo‘ldi.

Uchrashuv golsiz durang bilan yakunlandi. Bu natija «o‘rmonchilar»ni aslo qanoatlantirmadi, chunki ular chempionatning asosiy autsayderi darvozasi tomon naq 35 ta zarba yo‘llashdi, ammo birorta gol ura olishmadi. «Squawka» ma’lumotlariga ko‘ra, «Nottingem Forest» so‘nggi o‘n yil ichida Premyer-liga doirasidagi bir o‘yinda 35 bor zarba berib, birorta ham gol ura olmagan ilk jamoaga aylandi. Oxirgi marta bunday holat 2016 yilda «Manchester Yunayted» va «Byornli» (0:0) o‘rtasidagi bahsda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda «qizil iblislar» 38 bor raqib darvozasiga zarba berishgan edi.

«Bo‘rilar» bilan o‘yin tugaganidan ko‘p o‘tmay, «Nottingem Forest» matbuot xizmati Shon Daychning iste’fosini e’lon qildi.

Kiritildi: 10:51, 12.02.2026.
O'qildi: 475 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик