Vladimir Bubanya "Metallurg" jamoasi mashg‘ulotlariga qo‘shildi.
Tajribali futbolchi kecha "Metallurg" ixtiyoriga yetib keldi.
Vladimir Bubanya Belgrad-Istanbul-Toshkent reysi bilan kecha tongda yurtimizga uchib keldi. Futbolchini aeroportda klub vakillari kutib olishdi va u jamoa safiga qo‘shildi.
Tajribali serbiyalik himoyachi jamoaning kechagi mashg‘ulotlarida ishtirok etdi.














