Kirish Ro'yxatdan o'tish

Cheferin va Peres yarashishdimi? UYEFA prezidenti Superliga loyihasining yakunlangani haqida fikr bildirdi

Cheferin va Peres yarashishdimi? UYEFA prezidenti Superliga loyihasining yakunlangani haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

UYEFA prezidenti Aleksander Cheferin Yevropa Superligasi loyihasining nihoyat barham topganiga munosabat bildirdi. So‘nggi besh kun ichida loyihaning oxirgi ishtirokchilari — «Barselona» va «Real Madrid» ham undan voz kechganini e’lon qildi.

"Real" va "Barselona" yana oilamizga qo‘shilganidan juda xursandman. Rostini aytsam, hammamiz bu bahs-munozaralardan charchagandik. "Real" prezidenti bilan kelishmovchiliklarimiz bo‘ldi, lekin bir narsani aniqlashtirib olsak: biz hech qachon bir-birimizga bo‘lgan hurmatni va o‘yinga bo‘lgan muhabbatimizni yo‘qotmaganmiz. Bu vaziyatda yagona g‘olib — futbol", — deya Cheferinning so‘zlarini keltirmoqda «FOX Sports».

Ma’lumki, Superliga loyihasini Florentino Peres juda faol qo‘llab-quvvatlab kelayotgan edi. Dastlab loyihani Yevropaning 12 ta grand klubi boshlagan, biroq ulardan 9 tasi muxlislarning keskin noroziligidan so‘ng tezda bu fikrdan voz kechgandi. Keyinroq «Yuventus», yaqinda esa Ispaniyaning ikki giganti ham Superligani tark etdi.

Kiritildi: 17:51, 12.02.2026.
O'qildi: 489 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.