Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

Chukvuemeka Angliyadan voz kechib, Avstriya terma jamoasida o‘ynamoqchi

Chukvuemeka Angliyadan voz kechib, Avstriya terma jamoasida o‘ynamoqchi

Baho:
+ | -

Avstriya futbol federasiyasi 2026 yilgi Jahon chempionati oldidan «Borussiya Dortmund» yarim himoyachisi Karni Chukvuemekaga Avstriya fuqaroligini berish ustida faol ish olib bormoqda.

22 yoshli futbolchi ilgari Angliyaning U19 va U20 terma jamoalarida o‘ynagan va 2022 yilgi Yevropa chempioniga aylangan edi. Biroq u Angliyaning asosiy terma jamoasida hali debyut qilmagan, bu esa unga FIFA qoidalariga ko‘ra sport fuqaroligini o‘zgartirish imkonini beradi.

Chukvuemeka Avstriyaning Ayzenshtadt shahrida nigeriyalik oilada tug‘ilgan. Keyinchalik u Nortgemptonga ko‘chib o‘tgan va Britaniya fuqaroligini olish jarayonida Avstriya fuqaroligidan voz kechgan. Endilikda u voyaga yetmagan paytida qabul qilingan bu qarorni bekor qilib, Avstriya pasportini qayta tiklashi mumkin.

«The Athletic» nashrining xabariga ko‘ra, Ralf Rangnik boshchiligidagi Avstriya terma jamoasi futbolchining JCH-2026da ishtirok etishi uchun barcha hujjatlarni rasmiylashtirishga harakat qilmoqda. Eslatib o‘tamiz, Avstriya Jahon chempionati guruh bosqichida Argentina, Iordaniya va Jazoir bilan to‘qnash keladi.

Kiritildi: 18:46, 12.02.2026.
O'qildi: 809 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик