Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

Nazorat o‘yini. «Navbahor» «Aktobe»ga yutqazdi

Nazorat o‘yini. «Navbahor» «Aktobe»ga yutqazdi

Baho:
+ | -

“Navbahor” Turkiyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasidagi navbatdagi xalqaro o‘rtoqlik bahslarini 12 fevral kuni Rossiyaning “Baltika” va Qozog‘istonning “Aktobe” jamoalariga qarshi o‘tkazishni rejalashtirgandi.

Rossiyaliklar bilan bo‘ladigan uchrashuv noqulay ob-havo hamda maydon sifatsiz holatga kelganligi bois, qoldirildi.

Qozog‘istonliklarga qarshi kechadigan bellashuv esa o‘tkazildi. Mazkur o‘yinda namanganliklar bosh murabbiyi Timur Kapadze maydonga quyidagi futbolchilarni tushirdi: O‘tkir Yusupov, Anri Chichinadze, Umar Adhamzoda, Quvondiq Ro‘ziyev, Shohmalik Komilov, Shohruh Abdurahmonov, Abbosjon G‘ulomov, Vanya Ilich, Ruslanbek Jiyanov va ko‘rikdagi yana 2 nafar futbolchi.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Muhammadali Usmonov, Zafarbek Rahimjonov hamda ko‘rikdagi futbolchi.

Ushbu uchrashuvda “Aktobe” bellashuvning so‘nggi, ya’ni, 90-daqiqasida zaxiradan maydonga tushirilgan yarim himoyachi Ayan Baydeulatovning goli evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

“Lochinlar” Turkiya yig‘ini doirasidagi so‘nggi o‘yinni 16 fevral kuni Gruziyaning sovrindor jamoalaridan biri bo‘lgan “Dinamo” (Tbilisi)ga qarshi o‘tkazishadi.

Kiritildi: 00:15, 13.02.2026.
O'qildi: 996 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик