Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Doniyor Abdumannopov: “Xudo xohlasa, chempionatga yaxshi formada boramiz”

Doniyor Abdumannopov: “Xudo xohlasa, chempionatga yaxshi formada boramiz”

Baho:
+ | -

“Andijon” klubi Turkiyaning Antaliya shahrida qizg‘in ravishda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini olib bormoqda. Tabiiyki, har bir futbolchi maksimal kuch bilan ishga yondashuv asosida o‘z ustida ishlamoqda. Shu jumladan, Doniyor Abdumannopov ham murabbiyning ko‘rsatmasini bajarish uchun jiddiy mehnat qilyapti va o‘z mahoratini namoyish etish ustida ishlamoqda.

Klub matbuot xizmati Doniyor bilan yig‘in haqida suhbatlashdi.

Doniyor, jamoamizning Antaliya yig‘ini yuqori kayfiyatda davom etayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. Unda bevosita ishtirok etayotgan futbolchi sifatida o‘tkazilayotgan yig‘in haqida nimalarni ayta olasiz?

— Assalomu alaykum. Yig‘in yaxshi o‘tyapti. Ko‘proq qishki tayyorgarlik jarayonida jismoniy holatga e’tibor qaratiladi. Jamoamizga yangi futbolchilar kelgan, ular bilan bir-birimizni tushunish uchun ko‘proq o‘yin o‘ynayapmiz. O‘yindan-o‘yinga yaxshilanib boryapti. Bir-birimizni yaxshi tushunib boryapmiz. Xudo xohlasa, chempionatga yaxshi formada boramiz.

Shuningdek, u yerda o‘rtoqlik uchrashuvlari ham tashkil qilinyapti. Xorij jamoalariga qarshi bellashuvlardan nima olyapsiz?

— O‘yinlarda o‘zimni ham tahlil qilyapman. Ko‘proq xatolar ustida ishlayapman.

Yangi mavsumda “Andijon” umuman boshqacha qiyofada namoyon bo‘lmoqda va maqsad ham shunga yarasha jiddiy. Shaxsan yangi mavsumdan nima kutyapsiz va imkoniyatlarimizni qanday baholaysiz?

— Maqsad doim yuqori qo‘yiladi. Amalda ko‘rsatish kerak. Mening fikrim, sababini qilishimiz va Allohdan so‘rashimiz kerak, qolgani Xudodan.

Ilk turni "Bobur arena"da "So‘g‘diyona"ga qarshi o‘yin bilan boshlaymiz. Ilk turdagi muhitni qanday tasavvur qilyapsiz?

— Muhit “Ultras Burgut” bilan doim zo‘r bo‘ladi.

Siz "Andijon" safida 33-raqamni tanladingiz. Bu nima bilan bog‘liq edi?

— 33-raqamda futbol o‘ynashni “Andijon”da boshlaganman. Men uchun qadrli bo‘lib qolgan.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 00:18, 13.02.2026.
O'qildi: 890 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.