Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Arbeloa Superliga atrofidagi vaziyatga o‘z munosabatini bildirdi

Arbeloa Superliga atrofidagi vaziyatga o‘z munosabatini bildirdi

Baho:
+ | -

«Real» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Superliga atrofidagi vaziyatga o‘z munosabatini bildirdi. Bir kun avval, ya’ni 11 fevral kuni Madrid klubi UYEFA va Yevropa klublari assosiasiyasi (EFC) bilan kelishuvga erishganini e’lon qilgach, loyiha rasman o‘z faoliyatini to‘xtatdi.

"Klub bu mavzuda rasmiy bayonot berib bo‘ldi — men ushbu pozisiyani qo‘llab-quvvatlayman. Bu futbol uchun foydali kelishuv", — dedi Arbeloa matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning bahorida 12 ta grand klub Superliga ishga tushirilishini e’lon qilgan edi. Biroq muxlislarning keskin noroziligidan so‘ng ularning 9 tasi loyihani tezda tark etdi. Keyinchalik «Yuventus» ham undan chiqdi. Joriy yilning 7 fevral kuni «Barselona» loyihadan chiqqanini e’lon qilgach, «Real» so‘nggi ishtirokchi sifatida qolgan edi. 11 fevral kuni Madrid klubi ham UYEFA bilan «tinchlik shartnomasi»ni imzolab, Superliga bobini butunlay yopdi.

Kiritildi: 21:24, 13.02.2026.
O'qildi: 888 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик