Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Romano "Nottingem"ning yangi murabbiyi kim bo‘lishini ma’lum qildi

Romano "Nottingem"ning yangi murabbiyi kim bo‘lishini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

Insayder Fabrisio Romano APLning «Nottingem Forest» klubini portugaliyalik mutaxassis Vitor Pereyra boshqarishini tasdiqladi. Manbaga ko‘ra, Pereyra klub bilan joriy mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi.

Eslatib o‘tamiz, hafta davomida ""o‘rmonchilar"" Shon Daychni iste’foga chiqarishgan edi. Klub APL turnir jadvalida bor-yo‘g‘i 17-o‘rinni egallab turibdi va xavfli zonadan atigi uch ochko oldinda. Daych ishdan bo‘shatilishidan oldin «Nottingem Forest» liganing eng kuchsiz jamoasi — «Vulverxempton» bilan golsiz durang (0:0) o‘ynagan edi.

Qiziq jihati shundaki, Pereyra joriy mavsum davomida aynan «Vulverxempton»dan natijalar yomonligi sababli haydalgan edi (jamoa uning qo‘l ostida dastlabki 10 o‘yinda g‘alaba qozona olmagan). Ammo o‘tgan mavsumda u ""bo‘rilar""ni APLda olib qolishga muvaffaq bo‘lgan va hatto aprel oyida ""Oyning eng yaxshi murabbiyi"" deb topilgan edi.

Kiritildi: 22:29, 13.02.2026.
O'qildi: 949 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик