Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Samarqandning «Sherdor» va «Azur», Qo‘qonning «Xavokand» klublari Birinchi ligada ishtirok etadi

Samarqandning «Sherdor» va «Azur», Qo‘qonning «Xavokand» klublari Birinchi ligada ishtirok etadi

Baho:
+ | -

Birinchi ligada ishtirok etish istagida bo‘lgan klublar joriy yilning 31-yanvar sanasiga qadar Ligaga murojaat qilishi belgilangandi. Shundan kelib chiqib, bir qator nomzodlar ariza bilan murojaat qildi.

Liga murojaatlarni o‘rganib chiqqan holda, Reglament bo‘yicha minimal talablarga javob bermaydi deb topilgan klublarni Birinchi liga qatnashchilari safiga qo‘shishni rad qildi. Bunda hududiy futbol assosasiyalari bilan hamkorlikda ish olib borildi.

O‘z navbatida, musobaqada ishtirok etish uchun salohiyatli bo‘lgan klublar va ularning rejalari o‘rganib chiqildi. Shu asosda Samarqand shahrining «Sherdor» va «Azur», Qo‘qon shahrining «Xavokand» klublariga ketma-ketlikda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar ro‘yxati taqdim etildi. Fevral oyining dastlabki 10 kunligida mazkur jamoalar Reglament bo‘yicha dastlabki talablarni bajarish ustida ish olib bordi.

O‘rganishlar xulosasi asosida yuqorida nomlari qayd etilgan klublarni Liga qatnashchilari safiga qabul qilish maqsadga muvofiq deb topildi. Ular 2026 yilgi mavsumdan e’tiboran Birinchi ligada to‘p suradi.

Ayni vaqtda Birinchi liga qatnashchilari tarkibini to‘liq shakllantirish borasida o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 08:32, 14.02.2026.
O'qildi: 734 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик