Kirish Ro'yxatdan o'tish

Dembele "Renn"dan uchralgan mag‘lubiyatga munosabat bildirdi

Dembele "Renn"dan uchralgan mag‘lubiyatga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

Fransiya chempionatining 22-turi doirasida "Renn"ga qarshi safarda o‘tgan muvaffaqiyatsiz o‘yindan so‘ng "PSJ" hujumkor yarim himoyachisi Usmon Dembele o‘z fikrlarini bildirdi. Parijliklar 1:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

"Ko‘plab golli vaziyatlar ko‘kka sovurildi. Agar gol urganimizda, hisobni tenglashtirishimiz mumkin edi. Shu bilan birga, raqib haqli ravishda g‘alaba qozondi deb hisoblayman. Oldimizda "Monako"ga qarshi Chempionlar ligasi o‘yini turibdi. Bizga oson bo‘lmaydi, lekin g‘alaba qozonish uchun bor kuchimizni ishga solamiz", — deya futbolchining so‘zlarini keltirmoqda Parij grandi matbuot xizmati.

Kechagi mag‘lubiyatdan so‘ng Luis Enrike shogirdlari 51 ochko bilan Fransiya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Renn" (34) esa beshinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 11:27, 14.02.2026.
O'qildi: 278 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.