FIFA 2026 yilning aprel oyidayoq Rossiyaga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalarni olib tashlashi mumkin. Aynan shu oyda federasiya kongressining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Shaxsiy suhbatlarda rasmiylar FIFA prezidenti Janni Infantino Rossiyaga qarshi cheklovlar bekor qilinishini yoki qayta ko‘rib chiqilishini kutayotganini aytishmoqda.
"Sport24.ru" nashrining xabar berishicha, UYEFA Rossiya masalasida ancha qat’iy pozisiyani egallab turibdi.
Avvalroq Infantino sanksiyalar vaziyatni yaxshilamagan, aksincha, uni yanada og‘irlashtirgan, shu sababli ularni imkon qadar tezroq bekor qilish kerakligi haqida fikr bildirgan edi.
Shundan so‘ng, UFA prezidenti Andrey Shevchenko FIFA rahbari bilan favqulodda yig‘ilish o‘tkazib, unga Rossiya jamoalarining xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi qabul qilinishi mumkin emasligini eslatdi.













