Kirish Ro'yxatdan o'tish

Flik "Atletiko"ga "katta syurpriz" tayyorlamoqda

Flik "Atletiko"ga "katta syurpriz" tayyorlamoqda

Baho:
+ | -

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Ispaniya Kubogi doirasida Madridning "Atletiko" klubiga qarshi kechadigan javob bahsida yirik taktik o‘zgarishlar qilish niyatida. Bu haqda "The Touchline" nashri xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya Kubogi yarim finalining dastlabki uchrashuvida "Barselona" safarda "Atletiko"ga 0:4 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, agar hujumda maksimal darajada agressiv harakat qilinsa, "Barselona" to‘rtta to‘p farqini yo‘qqa chiqara olishiga ishonmoqda. Taxminlarga ko‘ra, Flik bir vaqtning o‘zida maydonga Robert Levandovski, Markus Reshford, Rafinya Dias va Lamin Yamalni tushiradi.

Ispaniya Kubogi 1/2 finalining "Barselona" va "Atletiko" o‘rtasidagi javob uchrashuvi 3 mart kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 01:00 ga belgilangan.

Kiritildi: 15:53, 14.02.2026.
O'qildi: 1340 marta.
Fikrlar: 32 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.