Kirish Ro'yxatdan o'tish

Tudor "Tottenxem"dagi tayinlovi haqida ilk fikrlarini bildirdi

Tudor "Tottenxem"dagi tayinlovi haqida ilk fikrlarini bildirdi

Baho:
+ | -

Igor Tudor "Tottenxem" boshqaruvini qo‘lga oldi. London klubi xorvatiyalik mutaxassis bilan joriy mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolanganini e’lon qildi. Tayinlovdan so‘ng 47 yoshli mutaxassis o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bunday muhim pallada ushbu klubga qo‘shilish men uchun sharafdir. Zimmamga yuklangan mas’uliyatni tushunib turibman va maqsadim aniq — jamoa o‘yiniga barqarorlik olib kirish va har bir uchrashuvda bor kuchimizni berib maydonga tushish. Bu yerda kuchli o‘yinchilar yig‘ilgan, mening vazifam esa — ularning ishini tashkil qilish, energiya bilan to‘ldirish va natijalarni tezroq yaxshilashdan iborat", — deya Tudorning so‘zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.

Igor Tudor o‘tgan yili "Yuventus" ustozi sifatida yetti oy davomida faoliyat yuritgan edi. Xorvatiyalik mutaxassis oktyabr oyi oxirida ushbu lavozimni tark etgandi.

"Tottenxem" hozirda APL turnir jadvalida atigi 16-o‘rinni egallab turibdi. Albatta, londonliklarning bunday holati klub rahbariyatini aslo qoniqtirmaydi.

Kiritildi: 17:28, 14.02.2026.
O'qildi: 293 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.