Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

Kurtua: "Raqibning charchog‘idan foydalanishimiz kerak"

Kurtua: "Raqibning charchog‘idan foydalanishimiz kerak"

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtua La Liga doirasidagi "Real Sosyedad"ga qarshi bo‘lajak o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

"Qaymoqranglilar" uchun o‘z maydonida kechadigan ushbu uchrashuv shanba kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da (yakshanbaga o‘tar kechasi) boshlanishi rejalashtirilgan.

«Real Sosyedad» bir oz ko‘proq charchagan bo‘ladi, chunki ular yaqinda Ispaniya Kubogi yarim finalida o‘ynashdi. Shuni hisobga olgan holda, biz uchun o‘yinni shijoatli va ishonch bilan boshlash juda muhim. Maqsadimiz — g‘alabalarni davom ettirish va turnir jadvalining eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilish», — deya Kurtuaning so‘zlarini keltiradi "Madrid Zone".

Chorshanba kuni "Real Sosyedad" Ispaniya Kubogi 1/2 finalining safardagi bahsida "Atletik" Bilbaoni mag‘lub etdi (1:0). Eslatib o‘tamiz, Madridning "Real" klubi musobaqaning 1/8 finalidayoq mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etgan edi.

Kiritildi: 17:33, 14.02.2026.
O'qildi: 1055 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик