Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Vinisius kontakt izladi": "Real Sosyedad" bosh murabbiyi Madriddagi mag‘lubiyat sabablarini aytdi

"Vinisius kontakt izladi": "Real Sosyedad" bosh murabbiyi Madriddagi mag‘lubiyat sabablarini aytdi

Baho:
+ | -

"Real Sosyedad" klubi ustozi Pellegrino Matarasso Madridning "Real" jamoasi bilan kechgan uchrashuv (1:4) yakunlari haqida to‘xtaldi.

"Bu qiyin o‘yin bo‘ldi, bizdan barcha harakatlarda to‘liq faollik talab etilardi. Agar qaysidir jabhada bu yetishmasa, ayniqsa madridliklarga qarshi bahsda buning uchun jazolanish mumkin. Penalti belgilangan vaziyatlarda pozision xatolarga yo‘l qo‘ydik. Bugungi voqealardan ko‘p narsa o‘rganishimiz kerak", — deya murabbiyning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda "Marca".

"Birinchi golni o‘yin boshida o‘tkazib yubordik, shuning uchun charchoqni bahona qilib bo‘lmaydi. Vaqt o‘tishi bilan haqiqatan ham charchoq sezildi, lekin baribir bu haqda gapirishni yoqtirmayman".

"Penalti? Ikkala vaziyatda ham kontakt bor edi, garchi Vinisius uni izlagan bo‘lsa-da. Bizning rejamiz Vinisiusning qanotdan o‘tib ketishini yopish edi, biroq har ikki holatda ham buni uddalay olmadik".

Ushbu uchrashuvdan so‘ng "Real Sosyedad" 31 ochko bilan sakkizinchi o‘rinda bormoqda. Madridning "Real" klubi esa 60 ochko bilan birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Kiritildi: 11:59, 15.02.2026.
O'qildi: 536 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.