Kirish Ro'yxatdan o'tish

Flik: "Atletiko" biz bilan jang qildi, biz esa shunchaki tomoshabin bo‘ldik

Flik: "Atletiko" biz bilan jang qildi, biz esa shunchaki tomoshabin bo‘ldik

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik matbuot anjumanida ishtirok etdi. Tabiiyki, jurnalistlar yana «Atletiko»ga qarshi o‘yin mavzusini ko‘tarishdi. Kataloniyaliklar Ispaniya Kubogida 0:4 hisobida mag‘lub bo‘lishgan edi.

— «Atletiko»ga qarshi o‘yindan qanday saboq chiqardingiz?

— «Atletiko» kurashga, haqiqiy jangga tayyor edi. Bu Chempionlar ligasi darajasidagi o‘yin bo‘ldi, bizga esa dastlabki 45 daqiqada raqobatdosh bo‘lish uchun ishtiyoq yetishmadi. Ular yakkakurashlarda kuchliroq, harakatlarda esa dinamikroq edilar. Bugungi mashg‘ulotda ko‘rganlarim menga manzur bo‘ldi. Endi buni o‘yinga ko‘chirish kerak. Mag‘lubiyatlar bo‘lib turadi. Eng muhimi — unga qanday munosabat bildirishing.

16 fevral kuni «Barselona» safarda «Jirona» mehmoni bo‘ladi.

Kiritildi: 18:06, 15.02.2026.
O'qildi: 517 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.