Kirish Ro'yxatdan o'tish

Angliya kubogi. "Arsenal" "Uigan"ni yer tishlatdi

Angliya kubogi. "Arsenal" "Uigan"ni yer tishlatdi

Baho:
+ | -

Angliya Kubogining 1/16 finali doirasida «Arsenal» o‘z maydonida «Uigan»ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi — 4:0.

11-daqiqada Noni Madueke hisobni ochdi. Oradan yetti daqiqa o‘tib, Gabriel Martinelli «to‘pchilar»ning ustunligini ikki baravarga oshirdi. 23-daqiqada londonliklar Jek Xantning avtogoli evaziga hisobni yirik ko‘rinishga keltirishdi. To‘rtinchi golni esa 27-daqiqada Gabriel Jezus o‘z nomiga rasmiylashtirdi.

Shu tariqa, «Arsenal» turnirning 1/8 finaliga yo‘l oldi. Shuningdek, Angliya Kubogining keyingi bosqichiga «Lids», «Vulverxempton», «Sanderlend» va «Fulxem» jamoalari ham yo‘llanma olishdi.

Angliya Kubogi, 1/16 final

15 fevral, 21:30. «Emireyts» stadioni.

«Arsenal» — «Uigan Atletik» — 4:0 (4:0)

Gollar: 1:0 – 11 Madueke, 2:0 – 18 Martinelli, 3:0 – 23 Xant (avtogol), 4:0 – 27 Gabriel Jezus.

«Arsenal»: Arrisabalaga (Setford, 87), Saliba (Selmon, 61), Moskera, Uayt (Subimendi, 79), Lyuis-Skelli, Eze, Nergor, Saka (Dyekeresh, 46), Gabriel Jezus, Martinelli, Madueke (Trossar, 61).

Ogohlantirishlar: Lyuis-Skelli (69), Nergor (82).

Kiritildi: 23:32, 15.02.2026.
O'qildi: 588 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.