Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/02 21:00 Al-Ahli (SA) - Shabab al-Ahli
16/02 21:00 Sharja - Nasaf
16/02 23:15 Al-Hilol - Al-Vahda
16/02 23:15 Ash-Shorta - Duhayl
17/02 00:45 Kalyari - Lechche
17/02 01:00 Jirona - Barselona

«Mash’al» ganalik legioner bilan shartnoma imzoladi

«Mash’al» ganalik legioner bilan shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

Muborakning «Mash’al» jamoasi 2026 yilgi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirish borasidagi ishlarini davom ettirmoqda. Klub rahbariyati ganalik markaziy yarim himoyachi Abdul Rashid Abubakar bilan shartnoma imzoladi.

2000 yil 16 mart kuni tavallud topgan (25 yosh) futbolchi maydon markazida ishonchli harakatlari, yuqori jismoniy tayyorgarligi va universalligi bilan ajralib turadi. U markaziy yarim himoyachi pozisiyasidan tashqari tayanch hamda hujumkor yarim himoyachi sifatida ham samarali o‘ynay oladi. Bo‘yi 178 sm bo‘lgan Abubakar o‘ng oyoqli futbolchi hisoblanadi.

Abdul Rashid Abubakar professional faoliyatini «Accra Lions» klubida boshlagan. Keyinchalik u xalqaro maydonlarda to‘p surib, turli mamlakat chempionatlarida tajriba orttirdi. Xususan, Bosniya va Gersegovinada «FK Sarajevo» safida, Serbiyada «Loznica» jamoasida, O‘monda «Bahla», Moldovada «Spartanii Selemet» klublari sharafini himoya qilgan. Shuningdek, Qozog‘iston Premyer-ligasida «Ordabasi» hamda «Atirau» jamoalari tarkibida ishtirok etgan.

Futbolchi «Mash’al» safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi. «Transfermarkt» portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning transfer qiymati 100 ming yevroga baholanmoqda. Yangi legionerning maydon markazidagi faolligi, o‘yinni o‘qish qobiliyati hamda xalqaro tajribasi «Mash’al» jamoasining yangi mavsumdagi oldiga qo‘yilgan maqsadlariga erishishida muhim omil bo‘lishi kutilmoqda.

Manba: «Машъал» матбуот хизмати.
Kiritildi: 12:49, 16.02.2026.
O'qildi: 365 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.