Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy - Liverpul
11/03 01:00 Atalanta - Bavariya
11/03 01:00 Atletiko - Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl - Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal

"PSJ" yarim himoyachisi: "O‘zimni 100 foiz tayyor his qilyapman, "Monako" bilan o‘yinga shayman"

"PSJ" yarim himoyachisi: "O‘zimni 100 foiz tayyor his qilyapman, "Monako" bilan o‘yinga shayman"

Baho:
+ | -

"Pari Sen-Jermen" klubining portugaliyalik yarim himoyachisi Joau Nevesh Chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasidagi "Monako"ga qarshi birinchi o‘tish o‘yini oldidan o‘z kutilmalari bilan o‘rtoqlashdi.

"Biz hech qanday bosimni his qilmayapmiz va o‘z uslubimizda o‘ynashga harakat qilamiz. "Monako" bilan to‘qnash kelishimizning ham ijobiy, ham salbiy tomonlari bor, chunki bu jamoani Liga 1 orqali juda yaxshi bilamiz. To‘pga imkon qadar ko‘proq egalik qilishga va uni yo‘qotgan zahotimiz tezroq qaytarib olishga intilamiz. Bu ajoyib o‘yin bo‘ladi.

Jismoniy holatimni 100 foiz deb his qilyapman va ertangi kunga tayyorman. Maydonga tushamanmi yoki yo‘q — bu murabbiyga bog‘liq. Hozir turnirlarning hal qiluvchi pallasi yaqinlashayotgan vaqt va ertaga qanday o‘ynashimizga ko‘p narsa bog‘liq", — deya Neveshning so‘zlarini keltiradi UYEFA rasmiy sayti.

Kiritildi: 23:15, 16.02.2026.
O'qildi: 845 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.