"Galatasaroy" bosh murabbiyi Okan Buruk Chempionlar ligasining "Yuventus"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan dastlabki o‘tish o‘yinidan oldin o‘z kutishlari bilan o‘rtoqlashdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Istanbul klubi a’lo darajadagi holatda, jarohat olgan futbolchilar esa safga qaytmoqda.
"Hozirda biz Yevropadagi ishtirokimiz davomidagi eng yaxshi jismoniy va ruhiy holatdamiz, tarkibimiz esa optimal ko‘rinishga yaqin", — deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi UYEFA matbuot xizmati.
Burukning qo‘shimcha qilishicha, "Galatasaroy" turnirning 1/8 finaliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqishni maqsad qilgan edi, biroq "o‘tish o‘yinlari"ga yo‘llanma olishni ham yomon natija deb bo‘lmaydi.
"Galatasaroy" — "Yuventus" uchrashuvi 17 fevral kuni Istanbulda bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 22:45 da boshlanadi.













