Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Arsenal" Dembele transferini maqsad qilgan

"Arsenal" Dembele transferini maqsad qilgan

Baho:
+ | -

"PSJ" hujumchisi Usmon Dembele faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

"Fichajes" nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Londonning "Arsenal" klubi hujumchini sotib olishga qiziqish bildirmoqda. "Kanonirlar" rahbariyati joriy yozda fransuz futbolchisining transferini amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Hozircha futbolchining o‘zi bunday transferga tayyormi yoki yo‘qmi, noma’lum bo‘lib qolmoqda.

Usmon Dembele 2023 yilda "Barselona"dan "PSJ"ga 50 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda hujumchi Parij klubi safida barcha turnirlarda 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va yettita golli uzatmani amalga oshirdi. "Transfermarkt" portali Dembeleni 100 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 22:07, 17.02.2026.
O'qildi: 1363 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик