Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

YECHL. «Galatasaroy» Istanbulda «Yuventus»ni tor-mor keltirdi

YECHL. «Galatasaroy» Istanbulda «Yuventus»ni tor-mor keltirdi

Baho:
+ | -

Chempionlar ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi pley-off bosqichi doirasidagi «Galatasaroy» va «Yuventus» jamoalari o‘rtasidagi ilk uchrashuv yakunlandi. Istanbuldagi (Turkiya) «RAMS Park» stadionida bo‘lib o‘tgan bahs 5:2 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan tugadi.

O‘yinning 15-daqiqasida turk klubi yarim himoyachisi Gabriel Sara hisobni ochdi. 17-daqiqada Turin klubi a’zosi Tyon Kopmeyners muvozanatni tikladi. 32-daqiqada Kopmeyners dublni rasmiylashtirib, mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Istanbul klubi vingeri Noa Lang hisobni tenglashtirdi. 60-daqiqada himoyachi Davinson Sanches «Galatasaroy»ni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 75-daqiqada Lang ham o‘z hisobiga ikkinchi golni yozdirib qo‘ydi. Uchrashuv yakunida mezbonlar himoyachisi Sasha Boe yakuniy hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.

«Galatasaroy» va «Yuventus» o‘rtasidagi javob o‘yini 25 fevral kuni Turindagi «Alyans» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasining umumiy bosqichi yakunlariga ko‘ra, Turkiya jamoasi 10 ochko bilan 20-o‘rinni, Italiya klubi esa 13 ochko bilan 13-o‘rinni egallagan edi.

Galatasaroy - Yuventus - 5:2

Gollar: Sara, 15 (1:0). Kopmeyners, 16 (1:1). Kopmeyners, 32 (1:2). Lang, 49 (2:2). Sanches, 60 (3:2). Lang, 75 (4:2). Boe, 86 (5:2)

Galatasaroy: Ugurdjan Chakir, Sanches, Abdyulkerim Bardakji (Singo, 77), Yakobs (Eren Elmali, 83), Sholloi, Sara, Torreyra, Yunus Akgyun (Sane, 70), Lang (Boe, 83), Barish Yilmaz (Ikardi, 77), Osimxen

Yuventus: Di Gregorio, Bremer (Gatti, 34), Kelli, Kambyaso (Kabal, 46), Kalyulyu, Lokatelli, Kopmeyners, Tyuram (Miretti, 80), Konseysau (Kostich, 70), Kenan Yildiz (Openda, 81), Makkenni

Ogohlantirishlar: Abdyulkerim Bardakji, 43 - Kambyaso, 18. Kabal, 59

Chetlatish: Kabal, 67 (ikkinchi sariq kartochka)

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 00:47, 18.02.2026.
O'qildi: 1437 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик