"Galatasaroy" bosh murabbiyi Okan Buruk Chempionlar Ligasi pley-offining dastlabki o‘yinida "Yuventus" (5:2) ustidan qozonilgan ajoyib g‘alabaga izoh berdi.
"Bu unutilmas o‘yin bo‘ldi - klubimiz tarixi uchun ham, turk futboli tarixi uchun ham. Raqib - juda katta klub, ammo biz juda yaxshi kurashdik. Barcha futbolchilarimni tabriklayman va ajoyib muxlislarimizga rahmat aytmoqchiman.
Biz, ayniqsa, Yevropaning top-klublariga qarshi o‘yinlarda motivasiyaga ega bo‘lamiz va haqiqatan ham yuqori darajani ko‘rsatamiz. Ammo biz favorit hisoblangan o‘yinlarda hisobni oshirishimiz kerak. Bunga erishish uchun bizda kuch va salohiyat bor", - deya Burukning so‘zlarini keltiradi UYEFA.
Javob uchrashuvi 25 fevral kuni Turinda bo‘lib o‘tadi.













