Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Kompani Prestiannining so‘zlari haqida: "Mbappe eshitdi, Vinisius esa munosabat bildirdi"

Kompani Prestiannining so‘zlari haqida: "Mbappe eshitdi, Vinisius esa munosabat bildirdi"

Baho:
+ | -

«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani Vinisius Junior va Janluka Prestianni o‘rtasida yuz bergan mojaroli vaziyat haqida o‘z fikrini bildirdi.

«Real» vingeri Chempionlar ligasi doirasidagi o‘yinda (1:0) «Benfika» hujumchisini uni «maymun» deb haqorat qilganlikda ayblagan edi. Argentinalik futbolchi gapirayotganda og‘zini libosi bilan yopib olgan, bu esa lablardan o‘qish imkoniyatini yo‘qqa chiqargan. Uchrashuvni Fransua Leteksye boshqarib borgan edi.

«Bu murakkab mavzu. Men o‘yinni kuzatdim va vaziyat meni qiziqtirib qoldi. Bu voqeada uchta turli qism bor: birinchidan, maydonda nima sodir bo‘ldi; ikkinchidan, muxlislar bilan bog‘liq vaziyat; va nihoyat, o‘yindan keyingi holat. Biz ularni alohida ko‘rib chiqishimiz kerak.

Vaziyatning o‘ziga va Vinining reaksiyasiga qarasangiz, bu soxta bo‘lishi mumkin emasligini tushunasiz. Bu haqiqiy emosional reaksiya ekanligi ko‘rinib turibdi. Uning hakam oldiga borib, o‘ziga shuncha azobni orttirib olishidan hech qanday manfaat ko‘rmayapman. O‘sha soniyada u to‘g‘ri yo‘l tutganini anglab yetgandi.

Kilian Mbappe odatda doim diplomatik tarzda gapiradi, lekin bu safar nimani ko‘rgan va eshitgan bo‘lsa, juda aniq ifodalab berdi. Shuningdek, nima deganini futbolkasi ortiga yashirgan «Benfika» o‘yinchisi ham bor. Stadionda odamlar «maymun» ishoralarini ko‘rsatayotgani esa videolarda ham aks etgan», — dedi Kompani.

Kiritildi: 15:46, 20.02.2026.
O'qildi: 788 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик