Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Fabrisio Romano: «Kristal Pelas» va Oliver Glasner o‘rtasidagi muzokaralar yakunlandi

Fabrisio Romano: «Kristal Pelas» va Oliver Glasner o‘rtasidagi muzokaralar yakunlandi

Baho:
+ | -

«Kristal Pelas» klubi bosh murabbiy Oliver Glasnerni iste’foga chiqarish niyatida emas. Avvalroq, jamoaning so‘nggi 15 ta uchrashuvda bor-yo‘g‘i bitta g‘alaba qayd etgani fonida, klub rahbariyati mutaxassisni lavozimidan ozod etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar berilgan edi.

Insayder Fabrisio Romanoning ma’lumotlariga ko‘ra, bugun bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng «Pelas» rahbariyati Glasner bilan hamkorlikni joriy mavsum yakuniga qadar davom ettirish niyatida ekanligini ma’lum qilgan. Shu bilan birga, murabbiyning muddatidan avval ketishi ham istisno etilmaydi — barchasi yuzaga keladigan vaziyat va qayd etiladigan natijalarga bog‘liq bo‘ladi.

Ta’kidlash joizki, shu yilning yanvar oyidayoq Glasnerning mavsum yakunlangach klubni tark etishi ma’lum bo‘lgan edi.

Kiritildi: 02:51, 21.02.2026.
O'qildi: 885 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик