Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
06/08 20:00 Paxtakor 2-2 Buxoro
07/08 19:00 Surxon 0-1 Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv 1-1 Dinamo
07/08 20:00 Xorazm 0-0 Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

"Yuventus" yozda Zirkzee transferini ko‘rib chiqadi

"Yuventus" yozda Zirkzee transferini ko‘rib chiqadi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" hujumchisi Joshua Zirkzee hamon "Yuventus"ning qiziqishlari doirasida bo‘lib turibdi.

"Keksa sinyora" o‘tgan yili va shu yilning yanvar oyida ham niderlandiyalik futbolchiga da’vogarlar qatorida edi, biroq o‘shanda ish aniq muzokaralargacha yetib bormagandi. Jurnalist Fabrisio Romanoning ma’lumotlariga ko‘ra, turinliklar Zirkzeeni kelayotgan yozda sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqdalar. Ammo kelishuv taqdiri jamoaning joriy A Seriya mavsumidagi yakuniy o‘rniga bog‘liq bo‘ladi: agar "byankoneri" Chempionlar ligasiga yo‘llanma ololmasa, bunday transferni moliyaviy jihatdan amalga oshirishi amrimahol.

Transfermarkt portali Joshua Zirkzeening qiymatini 25 million yevroga baholamoqda. Hujumchi "qizil iblislar" tarkibida joriy mavsumdagi 18 ta o‘yinda ikkita gol va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 12:44, 22.02.2026.
O'qildi: 970 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик