Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

"Siti" shikoyat qilmagandi — "Budyo-Glimt" murabbiyi "Inter"ning e’tirozlariga javob qaytardi

"Siti" shikoyat qilmagandi — "Budyo-Glimt" murabbiyi "Inter"ning e’tirozlariga javob qaytardi

Baho:
+1 | -

"Budyo-Glimt" klubi ustozi Kyetil Knutsen jamoaning uy stadionidagi sun’iy maydon manziliga aytilgan tanqidlarga o‘z munosabatini bildirdi. Avvalroq, Chempionlar ligasi doirasida Norvegiya jamoasiga 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergan Milanning "Inter" klubi maydon holati ustidan shikoyat qilgan edi.

"Men bu borada hech narsa qila olmayman. Biz faqat o‘zimiz ta’sir o‘tkaza oladigan jihatlarga e’tibor qaratishimiz kerak. "Manchester Siti" maydon haqida to‘xtalib o‘tirmadi, ular shunchaki bizni maqtashdi", — deya Knutsenning so‘zlaridan iqtibos keltiradi jurnalist Daniele Mari.

Eslatib o‘tamiz, "Budyo-Glimt" o‘z uyida "shaharliklar"ni ham xuddi "Inter" bilan bo‘lgan o‘yindagi kabi natijada mag‘lub etgan edi.

"Endi mehmonda o‘ynaymiz va endi biz uchun noodatiy maydon turi bo‘ladi", — deya qo‘shimcha qildi Knutsen.

"Inter"ga qarshi javob uchrashuvi 24 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 07:29, 24.02.2026.
O'qildi: 3269 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик