Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Azizbek Turg‘unboyev: "Bunday muxlislari bor jamoada o‘ynashni hamma futbolchilar orzu qiladi"

Azizbek Turg‘unboyev: "Bunday muxlislari bor jamoada o‘ynashni hamma futbolchilar orzu qiladi"

Baho:
+ | -

Ma’lumki, "Andijon" tarkibiga tajribali futbolchi, O‘zbekiston milliy terma jamoamiz a’zosi - Azizbek Turg‘unboyev ham qo‘shildi.

Yuqori saviyali futbolchi bor e’tiborini "Andijon" bilan g‘alabalar qozonishga qaratgan. Klub matbuot xizmati esa Turg‘unboevdan dastlabki intervyuni oldi.

- Azizbek "Andijon" klubiga xush kelibsiz. Ushbu transfer amalga oshishi qanday ro‘y bergani haqida to‘xtalib o‘tsangiz.

- Rahmat. "Andijon" jamoasi bosh murabbiyi Samvel Vyacheslavovich menga taklif bilan chiqdi va men bu taklifga rozi bo‘ldim.

- "Andijon" faoliyatingizda yangi sahifa. "Burgutlar" a’zosiga aylangach, nimalarni o‘ylayapsiz?

- Men bu yerga medallar yutgani va sovrinlar uchun kurashgani keldim. Albatta, jamoa bilan birga oldimizga qo‘yilgan vazifani bajarish uchun borimizni beramiz.

- Umuman, yangi jamoaga qo‘shilish qaroringizda hal qiluvchi omil nima bo‘ldi?

- Bitta omilni ko‘rsatsam noto‘g‘ri bo‘ladi. Chunki bu yerda yaxshi jamoa shakllanyapti. Yaxshi kollektiv, yaxshi murabbiylar shtabi va futbolni yaxshi ko‘radigan hokim, futbolni sevadigan muxlislar. Shu omillar meni "Andijon" jamoasiga qo‘shilishimga asosiy sabab bo‘ldi.

- Andijonlik muxlislar sizning transferingizni katta xursandchilik bilan qarshi oldilar. Ularga qanday ta’rif berasiz?

- Bunday muxlislari bor jamoada o‘ynashni hamma futbolchilar orzu qiladi. Bunday ishqibozlar ichida futbol o‘ynash futbolchiga qo‘shimcha kuch beradi. Ular o‘tgan yilgi mavsumda ham jamoani qanday qo‘llab-quvvatlash kerakligini barchaga ko‘rsatib qo‘yishdi. Xudo xohlasa, jamoa bilan chiroyli o‘yinlar ko‘rsatib, ularni xursand qilamiz.

Kiritildi: 16:59, 24.02.2026.
O'qildi: 1372 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.